AsosiySUG'DIYONA

​ZIYoFATGA BORASIZMI? ETIKET QOIDALARI BILAN TANIShING!

'​ZIYoFATGA BORASIZMI? ETIKET QOIDALARI BILAN TANIShING!'ning rasmi


  • Ziyofatga taklifnomada ko`rsatilgan vaqtda etib borish lozim. Uzrli sabablar bo`lsa, 3-5 daqiqaga kechikish mumkin.
  • Sho`rvani qoshiqning uchiga yaqin chekkasidan xo`rillatmay, puflamay ichish tavsiya etiladi.
  • Ovqatni biroz engashgan holda eng, yotib emas.
  • Qo`shningiz likopchasi ustidan qo`l uzatib narsa olmang.
  • Nonni qo`l bilan oling va tishlab emas, kichik-kichik burdalab eng.
  • Istasangiz, saryog`ni kichik non bo`lagiga surtib eng. Ammo katta bo`lak nonni olib, uni tishlab emaslik lozim. Sho`rvaga ham non burdalab solmang.
  • Pichoq yordamida og`zingizga hech narsa solmang.
  • Oldingizdagi anjom va idishlarni yig`mang, ularni ofisiant olsin.
  • Suyak yoki meva urug`ini (danagini) og`izdan sanchqi yoki qoshiqcha yordamida ohista olib, likopchaga qo`ying, barmoqlaringiz bilan emas.
  • Yoningizda o`tirgan insondan u yoki bu narsani uzating, deb so`ramang, bu ishni ofisiant bajarishi lozim.
  • Tish tozalagichdan hammaning oldida foydalanmang.
  • Ovqatning shirin yoki bemaza, sho`r yoki achchiqligi haqida gapirmang.
  • Yoningizdagi ikki qo`shningiz bilan, eshitish imkoni bo`lsa, qarshingizda o`tirgan mehmon bilan ham suhbatlashishingiz mumkin.
Qoshiq yoki sanchqini kosa ichiga emas, likopcha ustiga qo`yish lozim

    Boshqa yangiliklar