AsosiySUG'DIYONA

​SOChINGIZ QAYSI TURGA MANSUB? FARQLAShNI O`RGANAMIZ!

'​SOChINGIZ QAYSI TURGA MANSUB? FARQLAShNI O`RGANAMIZ!'ning rasmi

Normal sochlar

Qanday bo`ladi?

• Quyosh nurida jilolanadi, yaltiraydi;

• Soch tolasi “gullamaydi”;

• Oson taraladi;

• 3 kun davomida kirlanmay, hajmini saqlaydi.

Sochingiz normal turga kirsa ham, bu sog`lom degani emas. Ular ham parvarishga muhtoj.

Qanday yuviladi?

Normal turdagi sochlarni 4-5 kunda bir yuvish tavsiya etiladi. Lekin bu qat`iy vaqt oralig`i degani emas, soch va bosh terisi holatiga ko`ra yuvish oralig`ini kamaytirish yoki uzaytirish mumkin.

Qaysi shampun to`g`ri keladi?

• Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

• Kuchli tozalovchi shampun

• 2tasi 1da shampun va kondisioner

• hamma turdagi sochlar uchun shampun

• Normal turdagi sochlar uchun shampun

Quruq sochlar

Qanday bo`ladi?

• Rangi xira bo`lgani uchun yaltiramaydi;

• Oson chigal bo`ladi, tarash qiyin;

• Uchi “gullaydi”;

• Sinuvchan;

• Yaxshi jihati, bir hafta davomida tozadek ko`rinadi.

Qanday yuviladi?

Quruq sochlar ko`p ham kirlanmaydi, 5-7 kunda bir marta yuvsa bo`ladi. Bu turdagi sochlarni parvarishida balzamlardan foydalanish quruqlikni bartaraf etishda yordam beradi.

Qaysi shampun to`g`ri keladi?

• Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

• Kuchli tozalovchi shampun

• 2tasi 1da shampun va kondisioner

• hajm beruvchi shampun

• Quruq va sinuvchan sochlar uchun shampun

Yog`li sochlar

Qanday bo`ladi?

• Xira;

• Yaltiraydi, lekin yog`lar hisobiga;

• Tez kirlanadi;

• Yuvilganidan bir kun o`tib, sochlar yopishib qolaveradi;

• Soch turmagi uzoq saqlanmaydi.

Qanday yuviladi?

Sochlarni har kuni yuvish tavsiya etilmasa-da, yog`li soch egalarining boshqa choralari qolmaganidan shunday qilishga majbur bo`lishadi. Kun ora yuvgan ma`qul. Yog`li sochlarni yuvishda suv harorati pastroq bo`lishi lozim. Chunki issiq suv bosh terisida yog` ajralib chiqishini yanada oshirib yuborishi mumkin.

Qaysi shampun to`g`ri keladi?

• Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

• Kuchli tozalovchi shampun

• 2tasi 1da shampun va kondisioner

• Yog`li sochlar uchun shampun

• Balzamdan ko`p foydalanish yog`lilik darajasini oshiradi.

    Boshqa yangiliklar