11-12 NOYaBR KUNLARI "O`ZBEKISTON" SPORT MAJMUASIDA QO`L JANGI BO`YIChA OSIYo OChIQ ChEMPIONATI BO`LIB O`TADI
Shu munosabat bilan poytaxtimizda matbuot anjumani o`tkazildi. Unda mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo`l jangi federasiyasi vakillari, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Anjumanda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma`nan sog`lom insonlar etib tarbiyalash, Vatanimiz obro`sini, xalqimiz g`urur-iftixorini yanada yuksaltirishning muhim omili bo`lgan sportni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi hamda mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo`l jangi federasiyasi tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli musobaqada qit`amizning o`ndan ziyod davlatidan yuzdan ortiq sportchi 16 vazn toifasida g`oliblik uchun bahs olib boradi.
Osiyo chempionatida mamlakatimiz sharafini Ramazon Temirov, Husniddin Sattorov, Shahboz Tursunov, G`iyosiddin Jamoliddinov, Olim Normurodov, Ravshan Abdulazizov, Muhiddin Mamajonov, Nozim Eminjonov, Jahongir Jumaev, Alpomish Qurbonnazarov, Hasan Bozorov, Murtazobek Mamashokirov, Jamshid Rahmonaliev, Elbek Eshmurodov, Botir Xo`jabekov, Salohiddin Ibrohimov, Ilyos Raimov, Bahrom Mahmudov kabi sportchilar himoya qiladi. Manba: UzA






