FARG`ONADA “MA`RIFIY ISLOM AQIDAPARASTLIKNI QORALAYDI” MAVZUSIDA TADBIR BO`LIB O`TDI
Farg`ona davlat universitetida “Biz yot g`oyalarga qarshimiz” shiori ostida “Ma`rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va sog`lom ma`naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
Yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, turli illat va tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan tadbirda ushbu yo`nalishdagi targ`ibot ishlari samaradorligini yanada oshirish, yoshlar diniy ekstremizm g`oyalari ta`siriga tushib qolishining oldini olish, ma`naviyatimizga zid bo`lgan axborot xurujlaridan asrash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ekstremizm va terrorizmning og`ir oqibatlari, tinchlik va barqarorlikka tahdid solishi va ularga qarshi kurashish asoslari mavzularida ma`ruzalar tinglandi.
Tadbirda “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.






