AsosiyJamiyat

​GIYoHVAND IKKI YIL MUDDATGA OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI

'​GIYoHVAND IKKI YIL MUDDATGA OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI'ning rasmi

GIYoHVAND IKKI YIL MUDDATGA OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI

Endigina o`n sakkiz yoshni qarshi olgan Asilbek giyohvandlik balosiga ruju qo`ydi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi bu yigit joriy yil 11 may kuni ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan og`irligi 2,16 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvand moddasi bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi. Tekshiruv davomida narkologiya dispanserining xulosasi olindi. Unga ko`ra, A.G`ulomov giyohvandlikdan majburiy tartibda davolanishga muhtojligi aniqlangan va unga davolanish tavsiya etilgan.

Tergov jarayonini o`tkazayotgan Asilbek tegishli xulosa chiqarish o`rniga yana bir jinoyatga qo`l urdi. Shu yilning 9 sentyabr kuni soat taxminan 23:30larda A.G`ulomov yana ichki ishlar xodimlarining e`tiborini tortdi. Uning sumkasidan og`irligi 5 gramm bo`lgan, kuchli ta`sir qiluvchi giyohvandlik moddasi – kanabis moyi topildi.

Shayxontohur transport kasb-hunar kollejida Toshkent shahar Olmazor tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudining ushbu jinoyat ishiga oid ochiq sayyor majlisi bo`lib o`tdi.

– Majlisda ayblanuvchining xulqi, jamoat joylarida o`zini qanday tutishi, shuningdek, yoshi, oilaviy ahvoli inobatga olindi, – deydi Olmazor tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudining sudyasi Muso Yusupov. – A.G`ulomovning giyohvand moddaga ruju qo`yganligi va ochiq holatda davolanish imkoniyatini suiste`mol qilgani sabab, unga nisbatan sud tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov qo`yildi. Kodeksning 57-moddasi qo`llangan holda unga ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu davrda belgilangan majburiy turdagi davolanish chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi. Manba: O`zAA rasmiy sayti

    Boshqa yangiliklar