AsosiyJamiyat

​BUXORODA "ELEKTRON POLIKLINIKA”LAR ISh BOShLADI

'​BUXORODA "ELEKTRON POLIKLINIKA”LAR ISh BOShLADI'ning rasmi

BUXORODA "ELEKTRON POLIKLINIKA”LAR ISh BOShLADI

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro uyidan turib, o`ziga xizmat ko`rsatayotgan hudud poliklinikasiga internet orqali shifokor qabuliga yozilishi mumkin. Bunga birlamchi tibbiy-sanitariya tizimi muassasalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etilayotgani tufayli erishildi, deya ma`lum qilmoqda O`zAA rasmiy sayti.

Mamlakatimizda sog`liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida soha moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, profilaktika va davolashning zamonaviy texnologiyalari keng joriy etilmoqda.

Prezidentimizning shu yil 29 martdagi “O`zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo`lmoqda.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Buxoro shahridagi 10 oilaviy poliklinika va shahar tibbiyot birlashmasi “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulandi. Mazkur muassasalar “Salomatlik-3” loyihasi doirasida 46 zamonaviy kompyuter va elektron monitor vazifasini bajaruvchi 20 dan ziyod televizor bilan ta`minlandi. Bu “Elektron poliklinika”lar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali sohaning yuqori organlari tarmoqlariga bog`landi.

– “Elektron poliklinika” faoliyatida xizmat ko`rsatiladigan aholi haqida ma`lumotlar bazasi muhim ahamiyatga ega, – deydi Buxoro shahridagi 4-oilaviy poliklinika bosh shifokori H.To`xtaeva. – Shuning uchun hududda istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi aholi yashash joyi, ularning salomatligi, qachon va qaysi masalada bizga murojaat qilgani, kasallik tarixi, tibbiy ko`rik natijalari, shifokor tomonidan berilgan dorilar resepti, bolaning emlangani va boshqa turli ma`lumotlarning elektron shakli yaratilmoqda. Bu muassasamizga keluvchilarning amaldagi tibbiy kartochkalariga ehtiyoj qoldirmaydi, qog`ozbozlikka barham beradi.

    Boshqa yangiliklar