AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “PEShOB HAYDOVChI PREPARATLARDAN NIMA NAF?”

'Madad-shifo: “PEShOB HAYDOVChI PREPARATLARDAN NIMA NAF?”'ning rasmi

— Buyragim og`riq berib, tibbiy ko`rikdan o`tgandim. Tahlillar buyragimda tuz yig`ilganini ko`rsatdi. Shifokor dori vositalarini buyurib, ko`proq suyuqlik ichishni tayinladi. Bu peshob haydashni faollashtirar ekan. Asli peshob haydovchi preparatlardan qanday foyda bor? Buyragimdagi tuzni yuvib chiqaradimi?

Omina Sattorova, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Peshob haydovchi preparatlar asosan yurak etishmovchiligi, gipertoniya va buyrak kasalliklari, shuningdek, bosh miyada qon tomirlar siqilishi (spazm) aniqlanganida buyuriladi. Bunday preparatlar tanamizda yig`ilib qolgan ortiqcha suyuqlikning ajralishini ta`minlaydi. Dori vositasini belgilangan muddatda va miqdorda qabul qilish kerak. Miqdorini oshirish yoki o`z bilganicha kamaytirish mumkin emas. Peshob haydovchi preparatlar qabul qilinayotganida organizmni quvvatlovchi boshqa vositalar ham tayinlanadi.

Misol uchun, bezovtalik bosh miya qon tomirlari spazmi bilan bog`liq bo`lsa, kaliy moddasining o`rnini to`ldirish uchun shu modda preparatini qabul qilish lozim. Buyrak xastaliklarida organizmga tushgan suyuqlikni o`zlashtirish va taqsimlash jarayoni qiyinlashadi. Buning oldini olishda shifokor peshob haydovchi preparat buyuradi. Bu turdagi vositalar xavfli emas, ammo me`yorini bilish darkor. Xalqona usullardan makkajo`xori popugini qaynatib ichish ham peshob haydovchi ta`sirga ega, biroq foydalanishda mustaqil davolanib bo`lmaydi.

    Boshqa yangiliklar