AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “OQChIL QAYTALANMASLIGI UChUN ShIRINLIK EMAYMI?”

'Madad-shifo: “OQChIL QAYTALANMASLIGI UChUN ShIRINLIK EMAYMI?”'ning rasmi

— O`tgan yili oqchilga qarshi davolangandim. Sentyabr boshlarida xastalik yana qaytalandi. Shifokor parhez tutishni, shirinliklar, achchiq va sho`r eguliklarni cheklashni aytdi. Iste`mol mahsulotlarining oqchilga qanday bog`liqligi bor?

A.Salimova, Samarqand shahri

Gulnora PO`LATOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

— Oqchil kandida zamburug`ining faollashishi tufayli kelib chiqadi. Afsuski, bir marotaba oqchilga chalingan ayolda xastalikning qaytalanish ehtimoli saqlanib qoladi. Kasallik butunlay bartaraf qilinishi uchun shifokor buyurgan dori vositalarini qabul qiling, surtma va shamchalardan foydalaning.

Muolajani chayingandan so`ng bajarganingiz ma`qul. Taomnomaga kelsak, haqiqatan ham oqchilni qo`zg`atadigan mahsulotlar ro`yxati bor. Ular sirasiga shirinliklar (kandida zamburug`i qandolatchilik mahsulotlarini yaxshi ko`radi, agar ularning miqdorini cheklanmasa, muolajadan naf yo`q), gazlangan ichimliklar va shirin ta`mli sharbatlar, yangi yopilgan non va undan tayyorlangan eguliklar (nonning bir kun avvalgisi, undan ham yaxshirog`i, parhezbopini iste`mol qiling), dudlangan va konserva mahsulotlari ham taqiqda. Garchi ular tarkibida shakar u qadar ko`p bo`lmasa-da, ishtirok etuvchi komponentlardan biri sanaladi.

Davolanish vaqti parhezga amal qilinsa, oqchilni engish mumkin. Muhimi, bu paytda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya eting, yaqinlikdan saqlaning. Xastalik qaytalanmasligi uchun er-xotin birgalikda muolaja olgani durust.

    Boshqa yangiliklar