AsosiyJamiyat

YIL IMOMI ANIQLANDI

'YIL IMOMI ANIQLANDI'ning rasmi

Toshkent shahrida tashkil etilgan “Yil imomi-2017” ko`rik tanlovi g`olibi aniqlandi.

Unga ko`ra, Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqilon” jome masjidi imom-xatibi Isomiddin Ahrorov birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

G`olibga O`zbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi va noutbuk kompyuteri topshirildi.

Toshkent viloyati Qibray tumani “Sa`dulla ota” jome masjidi imom-xatibi Obidjon Mirhamidov ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi, unga O`zbekiston musulmonlari idorasining ikkinchi darajali diplomi va LCD televizor taqdim etildi.

Navoiy viloyati Nurota tumani “Chil Ustun” jome masjidi imom-xatibi Jamoliddin Mubinov uchinchi o`rinni qo`lga kiritdi. O`zbekiston musulmonlari idorasining uchinchi darajali diplomi va kichik isitgich pech berildi.

G`oliblar va ishtirokchilarga ko`rik tanlov homiylari bo`lgan O`zbekiston musulmonlari idorasi, Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg`armasi, “Movarounnahr” nashriyoti va Toshkent shahridagi “Qo`yliq ota” jome masjidi tomonidan qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar