AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV: 2-3 TA ISh O`RNI YaRATGAN TADBIRKORNI BOShIMGA KO`TARIShGA TAYYoRMAN

'​ShAVKAT MIRZIYoEV: 2-3 TA ISh O`RNI YaRATGAN TADBIRKORNI BOShIMGA KO`TARIShGA TAYYoRMAN'ning rasmi

ShAVKAT MIRZIYoEV: 2-3 TA ISh O`RNI YaRATGAN TADBIRKORNI BOShIMGA KO`TARIShGA TAYYoRMAN

Joriy yil 9 noyabr kuni Samarqandda Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Prezident Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar va investisiya loyihalariga to`xtalib, barchaning e`tiborini quyidagi raqamlarga qaratdi.

"...Sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi sohasini oladigan bo`lsak, umumiy qiymati 1 trillion 800 milliard so`mlik 321 ta yirik loyihani amalga oshirish boshlandi.

O`tgan davrda viloyatda 24 ta yirik korxona ishga tushirildi. Xususan, Samarqand shahrida yiliga 8 million dona dori vositalari ishlab chiqaradigan korxona faoliyati yo`lga qo`yildi. Jomboy tumanida 300 gektar yong`oqzor barpo etildi. Samarqand tumanida 1 millionta parranda boqiladigan xo`jalik tashkil etildi. Yil oxiriga qadar yana 20 ta yirik korxona ishga tushiriladi.

Eng muhimi, bu korxonalarning barchasi ichki bozorimiz uchun, odamlarimiz uchun kerakli mahsulotlar chiqarib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda.

Yana bir muhim tomoni shundaki, bu loyihalarning hammasi tadbirkorlarning tashabbusi bilan, ularning o`z mablag`lari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Biz ularga moliyalashtirish va ruxsat berish, qulay imkoniyat yaratish bo`yicha yordam bermoqdamiz, xolos.

Men o`z mablag`i, tashkilotchiligi bilan hech bo`lmaganda 2-3 ta ish o`rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko`tarishga tayyorman, deb aytgan gaplarimni bugun ham takrorlashdan charchamayman. Mana, Samarqandning o`zida shuncha korxonalar ochilib, ming-minglab ish o`rinlari yaratilayotgan ekan, buning uchun viloyatdagi barcha kichik biznes va tadbirkorlik sohasi vakillariga chin yurakdan rahmat aytmoqchiman", degan Prezident.

    Boshqa yangiliklar