HUJJATLAR IMZOLANDI
Samarqand shahrida bo`lib o`tayotgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida O`zbekiston, Qozog`iston va Turkmaniston o`rtasida hujjatlar imzolandi.
O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov, Qozog`iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Q.Abdurahmonov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri R.Meredov O`zbekiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi va Turkmaniston davlat chegaralarining tutash hududi to`g`risida shartnomani imzoladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o`rtasida strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma ratifikasiya qilingani haqidagi yorliqlar almashildi.
Mazkur hujjatlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro anglashuv va ishonchni, yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






