AsosiyJamiyat

KOREYaLIKLAR “QO`QON” ERKIN IQTISODIY ZONASIDA

'KOREYaLIKLAR  “QO`QON” ERKIN IQTISODIY ZONASIDA'ning rasmi

“Qo`qon” erkin iqtisodiy zonasi uchun 709 gektar er maydoni ajratilgan bo`lib, bu erda ko`plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda ma`muriy bino, logistika markazi qurish, elektr-energiyasi, suv, tabiiy gaz va aloqa ta`minoti ishlari amalga oshirilmoqda. Zonaga keladigan 19 kilometr uzunlikdagi avtomobil va temir yo`l infratuzilmasini barpo etish ham ko`zda tutilgan. Shu kunga qadar 18 yirik loyiha bo`yicha qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiya qilish, avvalo, to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb etish bo`yicha yanada qulay sharoit va imtiyozlar ko`plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu erda chet ellik ishbilarmonlar uchun ham ko`plab imtiyozlar yaratilgan. Shu bois Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya sarmoyadorlarida bu katta qiziqish uyg`otmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlarning “Qo`qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuvi hamkorlik uchun muhim qadam bo`ldi.

– O`zbekistonda biznes yuritish uchun qulay sharoit va investisiyaviy muhit yaratilgan, – deydi Koreya Respublikasi Kichik va o`rta biznes federasiyasi raisi o`rinbosari Li Xong Vu. – Ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgani hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. “Qo`qon” erkin iqtisodiy zonasida ham kelgusida O`zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari hamkorligida ko`plab loyihalar amalga oshirilishiga ishonaman.

    Boshqa yangiliklar