AsosiyJamiyat

NAMANGANDA “UZTEX UCHKURGAN” QO`ShMA KORXONASI ISh BOShLADI

'NAMANGANDA “UZTEX UCHKURGAN” QO`ShMA KORXONASI ISh BOShLADI 'ning rasmi

16 gektar maydonni egallagan mazkur engil sanoat majmuasini qurish, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlashga qariyb 120 million dollar mablag` sarflandi. Mamlakatimizdagi eng yirik to`qimachilik majmuasi bo`lgan ushbu korxonada yiliga 16 ming 500 tonna ip-kalava hamda 7 ming tonna momiq mato ishlab chiqariladi. 1000 dan ziyod kishi mehnat qilayotgan yigiruv-to`quv majmuasining yillik eksport salohiyati 50 million dollarni tashkil etadi.

Bugungi kunda viloyatda etishtirilayotgan paxta tolasining 38 foizi qayta ishlanayotgani, birgina shu korxonaning ishga tushirilishi natijasida ushbu ko`rsatkich kelgusi yilda 54 foizga etkazilishi ko`zda tutilgan. Hududiy dasturlarga ko`ra, 2020 yilga borib paxta xomashyosi to`laligicha mahalliy sharoitda qayta ishlanadi

– O`zbekistonda engil sanoat, ayniqsa to`qimachilik sanoatining istiqboli porloq, – deydi Shveysariyaning Rieter kompaniyasi prezidenti Reto Tom. – Chunki, mamlakatingizda barcha sohalar rivoji uchun zarur sharoit, qulay tabiiy iqlim, xomashyo, energiya manbalari, mehnat va boshqa resurslar etarli. Ayniqsa, davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e`tibor bu borada muhim omildir. Bu mazkur yirik korxonaning ishga tushirilishida ham o`z ifodasini topdi.

    Boshqa yangiliklar