AsosiyJamiyat

YoShLAR ITTIFOQI DELEGASIYaSI SANK-PETERBURGDA

'YoShLAR ITTIFOQI DELEGASIYaSI SANK-PETERBURGDA'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahriga Yoshlar Ittifoqining 21 kishidan iborat delegasiya a`zolari tashrif buyurdi.

Transport institutida tashkil etilgan ochiq muloqotda Sankt-Peterburgdagi barcha oliy ta`lim muassasalari talabalari, qolaversa, rektorlari ham ishtirok etdi.
Uchrashuv ko`tarinki, samimiy va ochiq ruhda o`tdi. Oliy ta`lim muassasalari rektorlari va talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga delegasiya a`zolaridan atroflicha javob oldilar.
Ochiq muloqot davomida 20 nafar vatandoshimiz o`qishini tugatib, O`zbekistonga qaytishini ma`lum qildi.

Delegasiya faoliyatida O`zbekiston xalq artisti M.Azizov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist S.Hamroqulov va O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining "Lazgi" ashula va raqs ansambli xonandasi A.Sobirovlar ishtirok etishmoqda.

    Boshqa yangiliklar