AsosiyJamiyat

TOShKENT VILOYaTIDA 516 KILOMETR XALQARO AHAMIYaTDAGI AVTOMAGISTRAL HAMDA IChKI YO`LLARNI TA`MIRLASh BELGILANGAN

'TOShKENT VILOYaTIDA 516 KILOMETR XALQARO AHAMIYaTDAGI AVTOMAGISTRAL HAMDA IChKI YO`LLARNI TA`MIRLASh BELGILANGAN'ning rasmi

TOShKENT VILOYaTIDA 516 KILOMETR XALQARO AHAMIYaTDAGI AVTOMAGISTRAL HAMDA IChKI YO`LLARNI TA`MIRLASh BELGILANGAN

Toshkent tumani yo`llardan foydalanish unitar korxonasi hududdagi 121 kilometr avtomobil yo`llariga xizmat ko`rsatadi. Korxona tomonidan belgilangan rejaga ko`ra, yo`llarda joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirildi. Qish mavsumi oldidan joylarda o`tkazilgan tekshiruvlarda avtomobil yo`llarining nosoz holatga kelishi, qishda sirpanchiq paydo bo`lishining oldini olish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rildi.

– Tumandagi 19 mahalla fuqarolar yig`ini hududidan o`tuvchi 12 kilometrdan ortiq yo`lda mahalliy byudjet hisobidan ta`mirlash ishlari bajarildi, – deydi tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sh.Yusupov. – Bundan tashqari, Respublika yo`l jamg`armasi mablag`lari hisobidan “Ko`kterak”, “Xiyobon”, “Mustaqillik”, “Oydin hayot” mahalla fuqarolar yig`inlaridagi Oybek, Bog`zor, Iqtidor, Navro`z ko`chalarining 7 kilometri ta`mirlandi.

Ohanganron tumanida avtomobil yo`llarini rekonstruksiya qilish ishlari qizg`in olib borilmoqda. Tumandagi “Yalpoqtepa”, “No`g`oyqo`rg`on”, "Aqchasoy" mahalla fuqarolar yig`inlari yo`llarini ta`mirlashga 167 million so`mdan ortiq mablag` sarflandi. 10 dan ortiq mahalladagi ichki yo`llarda loyiha qiymati 915 million so`mlik asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining tuman hududidan o`tuvchi 42 kilometr masofadagi qismida joriy ta`mirlash ishlari jadal davom etmoqda. Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi, viloyat hokimligi hamkorligida tuman va shaharlarda olib borilayotgan joriy ta`mirlash ishlari Respublika yo`l jamg`armasi hamda mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtirildi.

Viloyatda bu yo`nalishda kelgusi yilda ham istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. Yo`l xo`jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyatidir. Iqtisodiyotning umumiy rivoji va aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko`rsatishiga bog`liq.

    Boshqa yangiliklar