AsosiyJamiyat

BOLALAR KITOBLARI OLIS HUDUDLARGA QAChON ETIB BORADI?

'BOLALAR KITOBLARI OLIS HUDUDLARGA QAChON ETIB BORADI? 'ning rasmi

BOLALAR KITOBLARI OLIS HUDUDLARGA QAChON ETIB BORADI?

Ayni shu savol O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O`zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Bolalar adabiyoti: muammolar va istiqbol” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilindi, deb yozadi“Xalq so`zi” nashri.

Ta`kidlanganidek, davlat va xususiy nashriyotlarda har yili bolalar uchun bir qator she`riy, nasriy asarlar chop etilayapti. O`z-o`zidan ayonki, ular bolalar dunyoqarashini shakkllantirish, ularning turfa olam, tabiat, san`at haqidagi bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilayotir. Taassufki, kam adadda chop etilayotgan ayrim asarlar yosh kitobxonlarga etib bormayapti. Bugun nafaqat bolalar, balki “Ota va bola”, “Ona va bola” kitobxonligiga ham e`tiborni qaratish muhimdir.

Negaki, ota-ona kitobxon bo`lsa, farzandlar ham kitobga mehr qo`yib kamolga etadi. Anjumanda e`tirof etilganidek, joriy yil oxiriga qadar Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa uyidan tashqari “O`zbekiston” nashriyot-matbaa uyida 150, G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida esa 100 turdagi bolalar uchun mo`ljallangan adabiyotlar chop etilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu adabiyotlarni eng chekka hududlarda yashovchi o`quvchilarga etib borishini ta`minlash borasida ham muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tadbirda pedagogika yo`nalishidagi oliy o`quv yurtlarida ham bolalar adabiyotini chuqurlashtirilgan holda o`qitish masalalariga ham to`xtalib o`tildi.

Tadbir so`nggida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa uyi tomonidan chop etilgan “O`zbek bolalar adabiyoti antalogiyasi” kitobining taqdimoti ham bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar