KOREYa RESPUBLIKASI 12 TA KEMA VERTOLYoTLARI XARID QILADI
Koreya respublikasi 400 mln dollar evaziga 12 dona kema vertolyotlarini sotib oladi. Bu haqda mamlakatning mudofaa xaridlari agentligi ma`lum qildi.
"Dengizda Shimoliy Koreya tahdidi ortib borayotgani munosabati bilan Koreya respublikasi armiya safiga qabul qilingan 8 ta kemalarga qarshi AW-159 Wildcat jangovar mashinalariga qo`shimcha ravishda yana harbiy-dengiz vertolyotlarini xarid qiladi", - deyiladi xabarda.
Yana 12 ta vertolyot sotib olish rejalashtirilmoqda. Ular 2020 yildan jangovar safda bo`lishi kerak. Hozircha aynan qaysi turdagi jangovar uchar ashinalar sotib olinishiga oydinlik kiritilmagan. Bular AW-159, MH-60R va NH-90 kabilardan biri bo`lishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, KXDR yadroviy dasturini davom ettirayotgani va raketa sinovlarini o`tkazib kelayotgani bois Koreya yarim orolidagi vaziyat keskin bo`lib qolmoqda.






