AsosiyJamiyat

TOShKENTDA ShAROF RAShIDOV HAYoTIGA BAG`IShLANGAN KO`RGAZMA TAShKIL ETILDI

'TOShKENTDA ShAROF RAShIDOV HAYoTIGA BAG`IShLANGAN KO`RGAZMA TAShKIL ETILDI'ning rasmi

TOShKENTDA ShAROF RAShIDOV HAYoTIGA BAG`IShLANGAN KO`RGAZMA TAShKIL ETILDI.

Ko`rgazmadan Sharof Rashidovning hayot yo`li, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqidagi asl nusxa hujjatlar, adabiy merosi namunalari, Toshkent metropolitenining ramziy kalitlari va boshqa eksponatlar joy olgan.

Ko`rgazmaning ochilishida Sharof Rashidovning oila a`zolari, atoqli olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yo`ldoshev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida xalqimizning fidoyi o`g`loni xotirasiga ko`rsatilayotgan ehtirom ana shunday buyuk xizmatlarga munosib baholigini ta`kidladi.

– Sharof Rashidovning mamlakatimizda ilm-fan rivoji yo`lida ko`rsatgan xizmatlari beqiyosdir, – deydi O`zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori J.Ismoilova. – Muzeyimizning mana shunday hashamatli binoga ega bo`lishi ham u kishining tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Elimizning sodiq farzandi xotirasini ulug`lashga qaratilgan ko`rgazmamiz besh bo`limdan iborat. Bu bo`limlar Sharof Rashidovning O`zbekiston hayotining barcha jabhalari ravnaqiga qo`shgan ulkan hissasi, xalqimizning unga ehtiromidan so`zlaydi.

    Boshqa yangiliklar