Bugun O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi.
ShHT Bosh kotibi 2017 yil 10-11 noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafiqligida bo`lib o`tadigan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Suhbat davomida xalqaro forum kun tartibi hamda ShHT va ShHT organlarining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta`minlash masalalarini hal qilishdagi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ShHTni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.
Manba: O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi






