17.02.2014 12:52
Shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaroga moddiy yordam ajratishga va`da berishdi
Ushbu masala yuzasidan Respublika Mahalla XJFga murojaat qildik. Va bizga Mahalla XJF Urganch shahar bo`linmasi raisi A.Yusupov imzosi bilan javob taqdim etildi. Unga ko`ra, Urganch shahar, Ulug`bek ko`chada yashovchi S.Navro`zovaning arizasi maxsus ishchi guruhi tuzilib atroflicha o`rganib chiqilgan.
Aniqlanishicha, S.Navro`zova Urganch shahar 11-son E.Rahim MFYdan farzandiga 14 yoshgacha nafaqa puli olayotganligi hamda moddiy yordam olish uchun taqdim qilgan hujjatlari to`g`ri kelmaganligi (oilasida boqimanda borligi) sababli moddiy yordam berish rad qilingan. 2013 yil moddiy yordam so`rab yozgan arizasiga binoan esa, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil avgust oyida umumxalq xayriya hashari munosabati bilan, S.Navro`zovaga ham kam daromadli oilalarga tarqatilgan sovg`alardan ajratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 avgustdagi 494-f-sonli farmoyishiga asosan o`tkazilgan umumxalq xayriya hasharidan Mahalla XJF Urganch shahar bo`linmasi hisob raqamiga tushgan mablag`larni sarflash taqsimotining 6-bandiga asosan, fuqaro S.Navro`zova arizasiga binoan imkoniyat darajasida moddiy yordam ajratilishini bildiramiz.





