AsosiyJamiyat

TURKISH AIRLINES KOMPANIYaSINING SOBIQ VISE-PREZIDENTI ORXAN SIVRIKAYa O`ZBEKISTON MILLIY AVIAKOMPANIYaSINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh BO`YIChA MASLAHATChISI BO`LDI

'TURKISH AIRLINES KOMPANIYaSINING SOBIQ VISE-PREZIDENTI ORXAN SIVRIKAYa O`ZBEKISTON MILLIY AVIAKOMPANIYaSINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh BO`YIChA MASLAHATChISI BO`LDI'ning rasmi

TURKISH AIRLINES KOMPANIYaSINING SOBIQ VISE-PREZIDENTI ORXAN SIVRIKAYa O`ZBEKISTON MILLIY AVIAKOMPANIYaSINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh BO`YIChA MASLAHATChISI BO`LDI.

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi turk eksperti Orxan Savrikayani strategik rivojlantirish bo`yicha maslahatchi sifatida jalb qilindi, deya xabar qildi gazeta.uz nashri. Turk maslahatchisini jalb qilish masalasi O`zbekiston Prezidentining oktyabrdagi Turkiyaga davlat tashrifi jarayonida ishlab chiqilgan edi.

Orxan Savrikaya (1967 yilda tug`ilgan) — texnika fanlari nomzodi, fuqarolik aviasiyasi masalalarida taniqli top-menejer. Bosfor universiteti (sanoat muhandisligi fakulteti, 1991 yil)bitiruvchisi. Turkiya, Evropa va Shimoliy Amerikada aviayo`nalishlarni rejalashtirish va boshqarish, yangi biznes-modellarni tashkil etish, marketing va daromadlarni boshqarish bo`yicha mas`uliyatli lavozimlarda ishlagan. Yaqin vaqtlarga qadar Turkish Airlines vise-prezidenti lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Orxan Savrikaya MAKda 6 noyabrdan ishga kirishdi. U aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, jadvallarni optimallashtirish va samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va savdo, shuningdek axborot texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalarni bajaradi.

    Boshqa yangiliklar