O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRI ABDULAZIZ KOMILOV QIRG`IZISTONLIK HAMKASBI BILAN UChRAShDI
Bugun O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev bilan uchrashdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qirg`iziston delegasiyasi mamlakatimizga Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashif buyurdi.
Turli darajalardagi O`zbekiston-Qirg`iziston aloqalarining davomi sifatida bo`lib o`tgan suhbatda Bishkek va Toshkent shahlarida O`zbekiston va Qizg`iziston prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga asosiy e`tibor qaratildi.
Shuningdek, Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan xalqaro konferensiyaga oid ayrim masalalar va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.






