AsosiyJamiyat

EVROPA ITTIFOQI DELEGASIYaSINING O`ZBEKISTONGA TAShRIFI KUTILMOQDA

'EVROPA ITTIFOQI DELEGASIYaSINING O`ZBEKISTONGA TAShRIFI KUTILMOQDA'ning rasmi

2017 yilning 9 noyabr kuni O`zbekistonga Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Delegasiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo`yicha Evropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi.

Evropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev qabul qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko`ra EI delegasiyasi Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar