— Homiladorlikning so`nggi oyidaman. Pasportimni almashtirish uchun berganimga yigirma kundan oshgan. Ammo hanuz yangi pasport olmadim. Tug`ruqxonaga esa hujjatsiz qabul qilishmas ekan. Homiladorligim sabab pasport berilish muddatini tezlashtirish mumkinmi?
Umida Allaeva, Toshkent shahri
advokat Dilfuza TO`XTAEVA
— Pasport hujjatini yangilash uchun ariza berilgan kundan boshlab qonunda belgilangan muddatda berilmasa, pasport bo`limi xodimi xatti-harakatlaridan norozi bo`lib, ushbu bo`lim boshlig`i yoki undan yuqori turuvchi instansiyalarga shikoyat qilish mumkin. Sizning vaziyatingizda pasport berilish muddati nima uchun kechiktirilayotganing sababini aniqlashtirish lozim.
Manba: “SUG`DIYoNA”






