AsosiyJamiyat

ROSSIYa FEDERASIYaSIDA IShLAShNI ISTAYMIZMI? ShARTLAR VA TALABLAR BILAN TANIShTIRAMIZ!

'ROSSIYa FEDERASIYaSIDA IShLAShNI ISTAYMIZMI? ShARTLAR VA TALABLAR BILAN TANIShTIRAMIZ!'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi Rossiya Federasiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qabul boshlanganini e`lon qildi.

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkiliy jalb etish to`g`risidagi Bitim doirasida Rossiya Federasiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinmoqda.

BALIQ JOYLOVChI KASBI BO`YIChA

Ish haqi – o`qish paytida 2/2 ish jadvali bo`yicha ishlaganda, ish haqi 25 000 rubl. O`qishdan keyin 2/2 ish jadvali bo`yicha ishlaganda, ish haqi 29 000 rubl. 4/2 ish jadvali bo`yicha ishlash ham mumkin, muvofiq ravishda ish haqi ham ortadi.

Sinov muddati – 1 oydan 3 oyga qadar

Ijtimoiy paket – Ish beruvchi o`qish va ish joyiga etib olish sarf-xarajatlarini to`laydi. Ishchi transport xarajatlari, patentni rasmiylashtirish uchun sarf-xarajatlar, yashash va ovqatlanish xarajatlarini to`laydi. Intiluvchan va chidamli nomzodlar kompaniya hisobidan o`qishga yuboriladi va mazkur sohada karera qilish imkoniyati taqdim etiladi.

Ish beruvchining nomzodga talablari: tayanch-harakat apparatida jarohat bo`lmasligi (tik oyoqda turib ishlanadi). Rus tilini yaxshi bilish. Tartib va intizomga rioya qilish. Saranjomlik. Zararli odatlardan xoli bo`lish.

Ish tajribasi – talab etilmaydi.

Jinsi – ayol

Yoshi – 18-45 yosh

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi uchun ustuvor jihat shuki, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqayotgan har bir O`zbekiston fuqarosi muloqot qilish, mehat funksiyalarini bajara olish, shartnoma asosida ishga kiradigan ishlab chiqarish korxonalaridagi texnika xavfsizligi qoidalari va mehnat muhofazasiga amal qilishlari uchun qabul qiluvchi mamlakatning tilini o`rganishi va tegishli tayyorgarlikdan o`tishi zarur. Shuningdek, xorijiy ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan holda, mutasaddi tibbiy muassasalar jalb qilinib, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo`natilayotgan fuqarolarning salomatligi holatini kompleks tibbiy tekshiruvdan o`tkazish lozim. Toshkentda amalga oshiriladigan o`quv sarf-xarajatlari (yashash bilan birga) 666 000 so`mni, firma ish kiyimi sarf-xarajatlari – 142 000 so`mni, tibbiy tekshiruv – 140 300 so`mni tashkil qiladi. Agentlik sarf-xarajatlari to`lovi eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida belgilangan. Bu bir martalik sarf-xarajatlar ishchi oylik ish haqining 15-20 (%) foizidan yuqori emas. Boshqa sarf-xarajatlar mavjud emas, firibgarlar qo`liga tushib qolishdan saqlaning!

Eslatib o`tamiz, boshqa mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri deportasiya qilinmaganlikdir, ya`ni ish beruvchining mamlakatiga kirish uchun taqiqning mavjud emasligi. Agentlik, mamlakatdan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan shaxs va uning kafilligini olgan shaxs o`rtasidagi uchtomonlama shartnomaning 7.7 bandiga ko`ra, “agarda fuqaro avvalroq Rossiya Federasiyasida bo`lgan bo`lsa va unga nisbatan Rossiyaga kirish uchun taqiq qo`yilgan bo`lsa, taqiqni aniqlash va mazkur holat bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqish Agentlik vakolati doirasiga kirmaydi hamda u ushbu masalada javobgar hisoblanmaydi”. O`z vaqtingiz va mablag`laringizni tejang – harakatlaringizni ushbu yo`nalishda, ya`ni borishingiz mo`ljallanayotgan mamlakatga kirish uchun taqiq mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashdan boshlang.

Ushbu yo`nalishda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagi paydo bo`lgan holatda qo`shimcha ma`lumot uchun Agentlikning Toshkentdagi telefonlariga: +998 71 202 33 44, +998 71 202 33 55, +998 71 202 33 66, +998 71 202 33 88, +998 71 202 33 99, shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining hududiy bo`linmalariga murojaat qiling.
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Qamarniso ko`chasi, 1 uy.

    Boshqa yangiliklar