Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizom qayta ko`rib chiqilib, yangi tahrirda tasdiqlandi (ro`yxat raqami 2944). Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.
Unga ko`ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) bilan ham valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi belgilab berilib, endi YaTTlar o`z hisobvarag`idan pul o`tkazish orqali chet el valyutasini sotib olishlari mumkin.
Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash amaliyoti vaqtida rasmiylashtiriladigan barcha ma`lumotnomalarni tijorat banklari mustaqil ravishda tayyorlashlari mumkin. Bugungi kunga qadar mazkur ma`lumotnomalar “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanar edi.






