ERTAGA O`ZBEKISTONGA EVROPA ITTIFOQINING TAShQI IShLAR VA XAVFSIZLIK SIYoSATI BO`YIChA OLIY VAKILI FREDERIKA MOGERINI BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa TAShRIF BUYuRADI.
Delegasiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo`yicha Evropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi. Bu haqda O`zAA xabar bermoqda.
Evropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev qabul qilishi rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga ko`ra EI delegasiyasi Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.






