AsosiySport

XITOY SUPER LIGASI RAMZIY TERMASIDA O`ZBEKISTONLIK FUTBOLChI BOR.

'XITOY SUPER LIGASI RAMZIY TERMASIDA O`ZBEKISTONLIK FUTBOLChI BOR. 'ning rasmi

XITOY SUPER LIGASI RAMZIY TERMASIDA O`ZBEKISTONLIK FUTBOLChI BOR. WHOSCORED UNGA ODIL AHMEDOVNI KIRITMADI

Mashhur WhoScored nashri Xitoy Super Ligasida 2017 yil to`p surgan futbolchilarning ramziy terma jamoasini e`lon qildi.

Undan O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov joy oldi. «Championat.asia» nashrining qayd etishicha, Ismoilov mavsum davomida «Chanchun Yatay» klubining 24 ta o`yinida maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.

Milliy terma sardori Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» etakchilaridan biri sifatida e`tirof etilsa-da, unga ramziy termadan joy topilmadi. Shanxayliklardan Oskar va Xalk bunga erishdi.

Ramziy terma jamoa

Darvozabon:

Yu Lei «Changsha Ginde»

Himoyachilar:

Miao «Changsha Ginde»

Linpeng — «Guanjou Evergrand»

Anzur Ismoilov — «Chanchun Yatay»

Jipeng — «Changsha Ginde»

Yarim himoyachilar:

Renatino — «Changsha Ginde»

Rikardo Gulart — «Guanjou Evergrand»

Oskar — «Shanxay SIPG»

Eran Zaxavi — «Changsha Ginde»

Hujumchilar:

Esekel Lavessi — «Xeybey Chayna Forchun»

Xalk — «Shanxay SIPG».

Xitoy Super Ligasini 5-o`rinda yakunlagan jamoadan 5 nafar futbolchi tanlab olingani, albatta qiziq holat.

    Boshqa yangiliklar