EREVANDA MERCEDES NOVVOYXONA VITRINASIGA KELIB URILDI
Erevanda 6 noyabr, dushanba kuni ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida nafaqat avtomobillar, balki novvoyxona ham zarar ko`rdi. Bu haqda Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi, deya xabar beradi «Vestnik Kavkaza».
Mamlakat FVV navbatchilik qismiga Erevandagi Avan tumanida mashina yonayotgani haqida xabar berildi. Hodisa joyiga etib kelgan qutqaruvchilar brigadasi YTHga Honda Accent va Mercedes G63 to`qnashuvi sabab bo`lganini aniqladi.
Avariya natijasida Mercedes yo`lning o`tish qismidan uchib ketib, novvoyxona vitrinasiga urildi va alanga oldi.
Oradan bir soat o`tib yong`in bartaraf etildi. Mashina dvigatelining bir qismi va kabina, shuningdek, novvoyxona vitrinasiga shikast etdi. Qurbonlar va jabrlanganlar qayd etilmadi.






