AsosiySalomatlik

​Madad-shifo: “HOMILADORMAN, SKLERIT TAShXISI QO`YILDI..."

'​Madad-shifo: “HOMILADORMAN, SKLERIT TAShXISI QO`YILDI..."'ning rasmi
– O`ng ko`zim burchagida qizarish yuzaga kelib, og`riq bergach, shifokor ko`rigidan o`tdim. Tekshiruvlardan so`ng sklerit tashxisi qo`yildi. Ayni dam homiladorlikning 28-haftasida bo`lganim uchun qo`rqayapman, buyurilgan dori-darmonlar homilaga ta`sir ko`rsatmaydimi? Umuman, mazkur xastalik haqida nimalarni bilishim kerak?

S.Jo`raeva, Toshkent shahri

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

– Davolovchi shifokoringiz tomonidan buyurilgan dori vositalarining homilaga ziyoni yo`q. Skleritning o`ziga keladigan bo`lsak, mazkur xastalik ko`zning sklerasi, ya`ni oq qismining yallig`lanishi bilan ifodalanadi. Davolash choralari qatorida antibakterial ko`z tomchilarini tomizish kerak. Kasallik rivojlanganida ko`zda qizarish, sarg`ayish, tomirlarning bo`rtibroq chiqishi kuzatiladi. Bu yallig`lanish jarayoni faollashganidan darak berishi mumkin. Shuningdek, yorug`likka qaraganingizda, ko`z yoshlanishi ham sklerit alomatlariga xos. Sizga tavsiyam, muolajani to`liq oling va turli xil noxush o`ylarga berilmang. Okulist ko`rigi bilan cheklanmay, revmatolog hamda immunolog mutaxassislar tekshiruvi ham foydadan xoli bo`lmaydi.

    Boshqa yangiliklar