AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI AKADEMIYaSI VA TOShKENT ShAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI O`RTASIDA KELIShUV IMZOLANDI

'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI AKADEMIYaSI VA TOShKENT ShAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI O`RTASIDA KELIShUV IMZOLANDI'ning rasmi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI AKADEMIYaSI VA TOShKENT ShAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI O`RTASIDA TA`LIM VA ILM-FAN SOHASIDA HAMKORLIK BO`YIChA KELIShUV IMZOLANDI.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori S.Boboxo`jaevning aytishicha, mazkur kelishuv har ikki ta`lim muassasasi o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqa o`rnatish, o`quv, uslubiy va ilmiy ishlarni tashkil qilish hamda ta`lim yo`nalishidagi boshqa masalalarda samarali hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishga yo`naltirilgan.

Ushbu hujjat doirasida o`qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ma`ruza o`qish va boshqa turdagi mashg`ulotlarni o`tkazish uchun professor-o`qituvchilar va ilmiy kadrlar almashinuvi amalga oshiriladi. Kelishuvda ta`lim jarayoniga ilg`or o`qitish uslublari va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, tadqiqotlar o`tkazish bo`yicha eng yangi texnika va metodikalarni o`zlashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlashda o`zaro yordam ko`rsatishga alohida e`tibor qaratilgan.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda ta`lim, ilm-fan sohasi hamda Qurolli Kuchlarni modernizasiya qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirishga bag`ishlangan suhbatlar, uchrashuv va seminarlar o`tkazishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar