BUGUN TAShQI IShLAR VAZIRI ABDULAZIZ KOMILOV AQSh FAVQULODDA VA MUXTOR ELChISI PAMELA LEORA SPRATLENNI QABUL QILDI.
Suhbat chog`ida AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha katta direktori Liza Kurtis boshchiligidagi delegasiyaning Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirokiga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko`rib chiqildi.






