AsosiyDunyo

AQSh ERONGA NISBATAN BIR TOMONLAMA SANKSIYaLAR MUDDATINI UZAYTIRDI

'AQSh ERONGA NISBATAN BIR TOMONLAMA SANKSIYaLAR MUDDATINI UZAYTIRDI'ning rasmi

AQSh ERONGA NISBATAN BIR TOMONLAMA SANKSIYaLAR MUDDATINI UZAYTIRDI

AQSh prezidenti Donald Tramp o`z farmoyishi bilan Eronga qarshi 1979 yildan buyon amal qilib keladigan bir tomonlama sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Bu haqda Oq uy saytida aytiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatlar munosabatlari hali normallashmagan, va Tehron bilan 1981 yil 19 yanvardagi bitimni amalga oshirish jarayoni davom etmoqda. «Shu sababli 1979 yilda e`lon qilingan milliy favqulodda vaziyat va o`sha kuni ushbu favqulodda vaziyatni hal qilish uchun qabul qilingan choralar 2017 yil 14 noyabrdan keyin ham davom etishi kerak», — deyiladi Trampning qarorida.

1981 yil 19 yanvarda AQSh va Eron Jazoir vositachiligida bitimlar imzolagan, unga muvofiq Tehronda bir yildan ortiq vaqt davomida asir sifatida saqlanayotgan amerikalik diplomatlar ozod etilgan edi. Bitim Vashingtonning Eronning ichki ishlariga aralashmasligini, Eron bank hisoblarini muzlatib qo`yishini va savdo sanksiyalarini olib tashlashini, Eronning esa AQSh oldidagi tashqi qarzlarni to`lashini nazarda tutardi.

    Boshqa yangiliklar