MAST HAYDOVChI BOShQARUVIDAGI “MOSKVICh” 2 TA MAShINA BILAN TO`QNAShDI
Matiz kutilmaganda tormoz bosganini aytib shikoyat qilgan aybdor haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.
6 noyabrga o`tar kechasi Toshkentda yirik yo`l-transport hodisasi ro`y berdi.
Nukus va Bobur ko`chalari kesishmasida “AZLK-2141” rusumli mashina 2 ta avtomobil bilan to`qnashib ketdi. Ammo aybdor mashina haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.
Guvohlarning aytishicha, u mast holda bo`lgan. Yana bir guvoh shunday deydi:
“...U biz tomonga yugurib keldi. Matiz kutilmaganda tormoz bosganini aytib, shikoyat qildi. Keyin esa qochib ketdi. YPX xodimlari kelishdi, “Moskvich” mashinasini evakuator olib ketdi”.
Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YTHga sabab bo`lgan avtomobil haydovchisi qidirilmoqda. Voqea sabab qurbonlar yo`qligi aytilmoqda. Bu haqda qalampir.uz xabar bermoqda.






