AsosiyJamiyat

«O`zikkilamchiranglimetall» rangli metall chiqindilarini qabul qiluvchi yagona tashkilotga aylandi.

'«O`zikkilamchiranglimetall» rangli metall chiqindilarini qabul qiluvchi yagona tashkilotga aylandi. 'ning rasmi

«O`zikkilamchiranglimetall» rangli metall chiqindilarini qabul qiluvchi yagona tashkilotga aylandi. Rangli metall parchalari va chiqindilarini to`plash va topshirish bilan faqatgina «O`zikkilamchiranglimetall» shug`ullanish huquqiga ega bo`ldi. O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining 18 oktyabrdagi qarori bilan rangli metall parchalari va chiqindilarini to`plash, topshirish hamda qayta ishlashning yagona tizimi tasdiqlandi. «Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» «O`zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi"ga aylantirildi. Endilikda ushbu korxona mamlakat hududida rangli metall parchalari va chiqindilarini to`plash va topshirish bilan shug`ullanuvchi yagona muassasa hisoblanadi. «O`zikkilamchiranglimetall» Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiritildi. Hujjatda tarkibida rangli metallar bo`lgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni qabul qiladigan noqonuniy punktlar faoliyat ko`rsatishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ularni to`plash, tayyorlash, saqlash, foydalanish hamda topshirish bo`yicha noqonuniy faoliyatiga chek qo`yish vazifasi topshirildi. Bundan tashqari, tashkilotlar, muassasalar, qurilish maydonlari va boshqa ob`ektlarda tarkibida rangli metallar bo`lgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni, shu jumladan qabristonlardagi rangli metallardan tayyorlangan yodgorliklar hamda panjaralarning o`g`irlanishi, ularga zarar etkazilishi va noqonuniy muomalada bo`lishining oldini olish bo`yicha choralar kuchaytirilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar