6 noyabr kuni soat taxminan 18:20 da Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`chasi Toshkent Hayvonot bog`i qarshisida VAZ 2102 rusumli avtoulov haydovchisi yo`lda keta turib, boshqaruvni yo`qotgan va katta tezlikda 1950 yilda tug`ilgan ayolni urib yuborgan. YTH natijasida piyoda voqea sodir bo`lgan joyda vafot etgan. Haydovchi yurak-qon tomiri ko`tarilishi oqibatida 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda telegraf.uz xabar berdi.






