Atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash yuzasidan Respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Davlatimiz rahbarining Jizzaxga qilgan safarlari bu ulug` insonning O`zbekiston tarixidagi o`rni va ahamiyati nechog`li yuqori ekanligini namoyon qildi.
Navbatdagi tadbirlarning biri Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 8 umumta`lim maktabida o`tkazildi.
Sharof Rashidov siymosini abadiylashtirish, tavalludining
100 yilligini keng nishonlash maqsadida viloyat miqyosida ko`plab tadbirlar tashkillashtirilgan bo`lib, ularga minglab o`quvchi-yoshlar jalb qilinmoqda.

Xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov 1917 yil 6 noyabrda Jizzax shahrida tug`ilgan. 1935 yilda Jizzax pedagogika texnikumini, 1941 yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
1937 1941-yillarda Samarqand viloyati gazetasida mas`ul kotib bo`lib ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941 yil noyabrda-1942 yillarda urushda ishtirok etgan. 1943 yillarda Samarqand viloyati gazetasida muharrir o`rinbosari va muharrir lavozimlarida faoliyat yuritadi.
Keyin O`zbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibligi lavozimida 1944 1947-yillarda ishlagan.
1947 1949-yillarda «Qizil O`zbekiston» gazetasi muharriri, 1949 1950-yillarda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
1950 yillardan boshlab Sharof Rashidov faoliyatida yanada ma`suliyatli davr boshlandi. 1950 yillarda O`zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi etib saylandi.
Ushbu vazifada 1959 yilgacha faoliyat yuritgan. 1959 yildan to umrining oxirigacha respublikaning birinchi rahbari sifatida O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasini boshqardi.
Shu bilan birga Rashidov o`tgan asrning 30 yillaridan badiiy ijod bilan shug`ullangan. «Samarqand kuylari» nomli ilk she`riy kitobchasi bosilib chiqqan.
"Dugonalar bormisiz, omonmisiz,
Jam bo`lishib, ochilib gulzormisiz..."
satrlarini xirgoyi qilmagan inson bo`lmasa kerak.
Bu satrlar Sharof Rashidov qalamiga mansub. Rashidov o`z onasining xotirasiga ushbu she`rni bag`ishlagan.







