Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida o`tkaziladigan tekshirishlarni ro`yxatga olish elektron kitobi takomillashtirilib, uning mobil versiyasi ham ishlab chiqildi.
Ushbu tizimdan foydalanish uchun tadbirkorlik sub`ekti elektron raqamli imzodan foydalangan holda http://etk.minjust.uz saytiga kirishi hamda parol olishi lozim.
Bu tizimda:
- tekshirishlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan tanishish;
- tekshirishlarning reja-jadvali bilan tanishish;
- adliya organlarining “ishonch telefoni” raqamlariga hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat yo`llash imkoniyati mavjud.
Ushbu tizim nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida o`tkazilayotgan tekshirishlarning qonuniyligiga tezkorlik bilan baho berishga, ularning faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashuvlarga chek qo`yishga, buzilgan huquq va manfaatlarni tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mobil ilovani yuklab olishni tavsiya etamiz:






