BROKKOLI
Miqdori: brokkolning ikki bandida 52 mkg foliy kislotasi (me`yordagi bir sutkalik miqdorining 13%) va 26 kaloriya bor. Ushbu sabzavotni qaynatib yoki pomidor, sabzi va o`simlik yog`i qo`shilgan holda hamda xomligicha iste`mol qilish mumkin.
LOVIYa
Miqdori: 1 stakan loviyada 249 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorning 74%) hamda 245 kaloriya bor.
Foydali, hamyonbop va to`yimli bo`lgan loviyaning oqi ham, qizili ham birdek foydali. hafta davomida loviyadan salat va taom tayyorlashingiz mumkin.
KUNGABOQAR PISTASI
Miqdori: 30 gramm pistada 66,6 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 17%) hamda 173 kaloriya bor.
Kungaboqar pistasida nafaqat foliy kislotasi, balki foydali yog`lar va E vitamining ulkan zahirasi bor. Shu bois ham homilador ayollar organizmi uchun foydali egulik bo`la oladi.
ERYoNG`OQ
Miqdori: yarim stakan eryong`og`ida 105,9 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 26,5 %) hamda 427 kaloriya bor.
Foliy kislotasiga to`yinganligi bilan birga oqsil, magniy va ruh moddasiga ega ekanligi bilanhomiladorlar taomnomasiga kiritilishi tavsiya etiladi.
BANAN
Miqdori: bitta o`rtacha kattalikdagi bananda 23,6 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 6 %) hamda 105 kaloriya bor.
Ochiqqanda banan bilan taomlanib, ishtahangizni jilovlaysiz. Shu bilan birga organizmingiz ham sizdan minnatdor bo`ladi.
POMIDOR ShARBATI
Miqdori: 180 mg pomidor sharbatida 36,4 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 9%) hamda 31 kaloriya bor.
Mazkur sharbatni kechki taomdan oldin yoki ovqat bilan birga iste`mol qilsangiz ham bo`ladi. Qolaversa, pomidor sharabati ichaklar uchun ham foydali.
APELSIN
Miqdori: bitta o`rtacha kattalikdagi apelsinda 28,8 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdori 7%) hamda 45 kaloriya bor.
Agar allergik toshmalarga moyilligingiz bo`lmasa, haftada bir-ikki marta apelsin mevasi yoki sharbatidanbahramand bo`lishingiz mumkin.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi