AsosiySUG'DIYONA

​KIPRIKLARIMIZNI QALINLAShTIRAMIZ VA PARVARIShLAYMIZ!

'​KIPRIKLARIMIZNI QALINLAShTIRAMIZ VA PARVARIShLAYMIZ!'ning rasmi

FOYDALI YoG`LAR

Uyquga yotishdan oldin biroz ilitilgan zaytun yoki kanakunjut yog`larini kiprik ustiga yupqa qilib surtib qo`ying. Eratalabgacha yog` tarkibidagi foydali birikmalar kiprik ildizini oziqlantiradi.

LIMON PO`STI

Bitta limon po`stini 2 osh qoshiq zaytun yog`i solingan idishga joylab, bir haftaga qorong`i joyda qoldiring. So`ng har kunlik kipriklar parvarishi uchun foydalanishingiz mumkin.

VAZELIN

Yuvib, quritilgan tush cho`tkasiga ozroq vazelin surting. Kechqurun uyquga yotishdan avval vazelin surtilgan chyotka bilan kipriklarni tarang. Ertalab iliq suvda chayib olasiz.

KO`K ChOY

Suyuq damlangan ko`k choyga paxtani namlab, ko`z qovoqlari ustiga qo`ying-da, 5-8 daqiqa ushlab turing. So`ng ustidan quruq paxtada artib oling. Ko`k choy terini yumshatib, taranglashtiradi.

MASSAJ

Yog` yoki vazelin surtishdan avval ko`z qovoqlarining ustki qismini engil uqalang. 5 daqiqalik muolaja ko`z qovoqlarida qon aylanishini yaxshilab, teri xujayralarini faollashtiradi.

OZIQLANTIRISh

Taomnomangizga ahamiyat bering. Oqsil, yog` va uglevodlar me`yorida bo`lsin. Baliq, dengiz maxsulotlari, krevetka, yong`oq, meva va sabzavotlar ayni muddao.

KIPRIKLARNI QAYChILASh

Pardoz qaychisi yordamida kiprik uchini asta qaychilang. Bir hafta davomida natijani kuzating. Agar kipriklar qalinlashib, uzaysa, demak bu usuldan bir oyda 2-3 marta foydalanishingiz mumkin.

ASOSIY QOIDA:

Kipriklarni sog`lomlashtirish muolajalarini bajarayotganda tushdan ko`p foydalanmang. Shuningdek kipriklarni qayiltirish uchun qo`llaniladigan qaychi ham tavsiya etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar