AsosiySUG'DIYONA

​ChAQALOQLARGA YaNGI TAOMLAR QANDAY BERILADI?

'​ChAQALOQLARGA YaNGI TAOMLAR QANDAY BERILADI?'ning rasmi

1-marta: qoshiqning uchini egulikka botirib olib, bolaning ozg`iga solinadi yoki yalatiladi. Kun davomida bolaning holatiga ahamiya berish shart!

2- marta: ertasi kuni qoshiqning uchida xuddi o`sha mahsulot beriladi.

3 -marta: bolaga yangi mahsulot berilgan uchinchi kunda uning miqdorini yarim qoshiqacha ko`tariladi.

Shu tarzda bir hafta davomida bola yangi mahsulotga o`rgatiladi.

Kichkintoy taomnomasi uchun!

Qovoq pyuresi

200 gr qovoqni pustidan ajratib, qasqonda pishiriladi. Yaxshilab ezib, 1 choy qoshiq qaynatilgan sut solinadi. Ta`bga ko`ra, choy qoshiqning uchida saryog` qo`shsa ham bo`ladi.

Tvorog

Bir stakan kefir suv bug`ida isitiladi, kefirdan zardob ajralib chiqa boshlaydi. So`ng uni 4 qavatli marlidan o`tkaziladi. Taxminan yarim stakan tvorog hosil bo`ladi. Unga ozgina qand upasi yoki bug`da pishirilib, blenderda maydalangan meva bilan aralashtirish mumkin.

Go`sht va guruchli atala sho`rva

Yog`siz mol go`shti — 100 gr, chorak bo`lak piyoz va sabzi. Go`shtni suvga solib, 50-60 daqiqa davomida qaynatiladi, ozgina tuz va sabzavotlar qo`shiladi. Sabzavotlar pishgach, 1 osh qoshiq guruch solinadi. Guruch pishganidan so`ng, barcha mahsulotlar blenderda maydalanadi. hosil bo`lgan pyureni sho`rva bilan aralashtirib, suyuqroq ko`rinishga keltiriladi.

Grechixa bo`tqasi

2 osh qoshiq grechixani 200 ml suvda 40 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. So`ng pishgan yormaga 50 ml qaynoq sut qo`shib, blenderda aralashtiriladi. Ta`bga ko`ra saryog` va qand upasi qo`shish mumkin.

    Boshqa yangiliklar