AsosiySUG'DIYONA

OTA-ONALARGA TAVSIYaLAR

'OTA-ONALARGA TAVSIYaLAR'ning rasmi

1-maslahat. Bolaning salohiyatini inobatga oling. Imkoniyati darajasidagi narsalarni talab qiling. Ziyraklikni mashqlar yordamida asta-sekin rivojlantiring. Bunday mashqlarga bog`dagi sayrni, muzey yoki teatrga bo`lgan sayohatlarni kiritish mumkin. Ko`chadagi mashinalarning rangini yoki spektakldagi qahramonlarning ismini so`rang.

2-maslahat. Bolaning jismoniy va ruhiy holati haqida qayg`uring. Salomatlik diqqatni oshirishda muhim hisoblanadi.

3-maslahat. Qiziqarli va quvnoq narsalarni taklif qilsangiz, farzandingiz fikrini bir joyga jamlashiga turtki bo`ladi.

4-maslahat. Farzandingizni «Barakalla, topding», «Juda hushyorsan!», «Hech kim ahamiyat bermadi, faqat sen e`tibor qilding» degan gaplar bilan qo`llab-quvvatlang.

5-maslahat. Agar farzandingiz fikrini jamlay olmasa, unga «Kel, birga ko`ramiz…», «Mana bunga e`tiboringni qarat…» deb yordam bering.

6-maslahat. Bolaning diqqatini jismonan yo`naltiring. O`rganilayotgan ob`ektning oldiga olib boring, qo`li bilan ushlab ko`rsin. Agar farzandingiz qilayotgan ishidan chalg`igan bo`lsa, engilgina chapak chaling.

7-maslahat. Diqqatni jamlashga yordam beruvchi mashqlar va o`yinlardan foydalaning. Ikkita bir xil rasmdagi farqni topish, stolning ustidagi predmetlar soni va ulardan qaysi biri yo`qligini aniqlash o`yinlari ziyraklikni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, shaxmat, shashka larning ham foydasi katta.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar