Idishlardagi yog` qoldiqlarini ketkazadigan tabiiy vosita tayyorlash uchun iste`mol sodasi va xantal kukunini teng miqdorda aralashtiring. Qopqog`ida teshiklari bor idishga solib qo`ysangiz, ishlatishingizga qulay bo`ladi. Namlangan idishga tayyorlagan vositangizdan biroz sepib, yumshoq mato yordamida yuving. Yog`li dog`lar sizga tezda taslim bo`ladi. Idishlarni yuvish uchun suyuq tozalovchi vositani tayyorlash ham mumkin. 200 ml sirkaga uch osh qoshiq tuz va ozgina xantal kukuni qo`shing. Aralashmani ilgari ishlatgan tozalovchi vositangizning idishiga solib qo`ysangiz ham bo`ladi. Istalgan efir moyidan ikki tomchi qo`shsangiz, yoqimli hid kelib turadi.
Oshxona rakovinasida tiqinlar paydo bo`lsa, rakovina teshigiga
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






