2017 yilning o`tgan davri mobaynida “Adolat” SDPning Kengashining Jizzax viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatlari tomonidan tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha asoslangan tushuntirish berish yoki o`z pozisiyasini bayon qilish talabi bilan jami 159 ta deputatlik so`rovlari yuborilgan. Ulardan 51 tasi qonun va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosi deputatlik nazorati bo`yicha, 108 tasi fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan shikoyatlar bo`yicha kiritilgan deputatlik so`rovlaridir. Ushbu yuborilgan deputatlik so`rovlarining 139 tasi ijobiy hal etilib, qolgan 20 ta so`rovni hal etish yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi.
04.11.2017 13:35
JIZZAXLIK MANSABDORLARGA 159 TA DEPUTATLIK SO`ROVLARI YuBORILGAN






