AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON VA PETERBURG QATOR SOHALARDA HAMKORLIKNI KUChAYTIRADI

'​O`ZBEKISTON VA PETERBURG QATOR SOHALARDA HAMKORLIKNI KUChAYTIRADI'ning rasmi

Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko Smolniyda O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboev boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Bu haqda shahar ma`muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida Poltavchenko mehnat migrasiyasini muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yo`nalishda qo`shma loyihalar tashkil etish, yoshlar tashkilotlari va oliy o`quv yurtlari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish ustuvor vazifalar ekanligini bildirdi.

Gubernator O`zbekiston hukumatining yoshlarga berayotgan e`tiborini ijobiy baholadi.

Qahramon Quronboev O`zbekiston delegasiyasi shimoliy poytaxtga Sankt-Peterburg bilan yoshlar siyosati borasida hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun tashrif buyurganini ma`lum qildi.

ESLATIB O`TAMIZ, Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi boshchiligidagi 21 kishilik O`zbekiston delegasiyasining Rossiya Federasiyasiga safari 30 oktyabr kuni boshlangan. Delegasiya tarkibidan O`zbekiston prezidenti Devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi bo`yicha agentlik, Din ishlari bo`yicha qo`mita va boshqa mutasaddi idoralar vakillari o`rin olgan. Safar 9 noyabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar