AsosiySavol-javob

​ELEKTRON ONLAYN-AUKSION: IShTIROK ETISh TARTIBI QANDAY?

'​ELEKTRON ONLAYN-AUKSION: IShTIROK ETISh TARTIBI QANDAY?'ning rasmi
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun arizalarni berish tartibi qanday?

“Auksion” elektron onlayn auksionlarni tashkil etish DUK ma`lumotlariga ko`ra:

1. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga arizalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va elektron onlayn-auksionni o`tkazish kunidan oldingi kun soat 9-00 da yakunlanadi. Ariza qabul qilish uchun belgilangan muddat o`tgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.

2. Ariza elektron raqamli imzo bilan imzolanadi va unga zakalat puli to`langanligini tasdiqlovchi to`lov hujjatning elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.

3. Bunda, to`lov hujjatining to`lov maqsadida kafolat puli to`lanayotgan lot raqami ko`rsatilgan bo`lishi lozim.

ESLATIB O`TAMIZ: sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizasiya qilish bo`yicha elektron- onlayn auksion 2017 yil 1 sentyabrda ishga tushirilgan.

    Boshqa yangiliklar