Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri bu tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning murojaatlari alohida nazoratga olinib, ko`rib chiqilishi ta`minlanadi.
Misol uchun, “Shuxratbek savdo samara” MChJ rahbari Sh.Kadirovning 2017 yil 1 maydagi murojaatini ko`rib chiqish natijasi bo`yicha Izboskan tuman IIB Yong`in xavfsizlik bo`limi tomonidan joriy yilning 28 aprel kuni Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining ruxsatisiz jamiyat faoliyatida noqonuniy tekshirish o`tkazilganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan bo`lim mas`ul xodimi ma`muriy javobgarlikka tortildi va tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.
Adliya organlari tomonidan bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.






