AsosiyJamiyat

TOShKENTDA "MADE IN UZBEKISTAN" KO`RGAZMASI

'TOShKENTDA "MADE IN UZBEKISTAN" KO`RGAZMASI 'ning rasmi

Joriy yilning 7-9 noyabr kunlari "O`zekspomarkaz"da "Made in Uzbekistan" deb nomlangan O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazma-yarmarkasi bo`lib o`tadi.

Mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlarini namoyon etish maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur ko`rgazmada yuqori sifatli, eksportga yo`naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, xorijlik ishbilarmonlar, yirik kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

"Made in Uzbekistan" ko`rgazma yarmarkasida erkin iktisodiy zonalar, texnoparklar, engil sanoat, farma­sevtika, oziq-ovqat, charm-poyabzal, qurilish, xalq iste`moli mollari, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, yo`l-transport infratuzilmasi, elektrotexnika, telekommunikasiya va axborot texnologiyalari, agrosanoat yutuqlari, yangi turdagi mahsulotlar, ta`lim va boshqa turdagi xizmatlar namoyish etiladi.

Shu bois ko`rgazma mahalliy va xorijiy ishbilarmon doiralar, yirik kompaniyalar, xususiy korxonalar vakillarida katta qiziqish uyg`otmoqda. Bugungi kunga qadar unda ishtirok etish istagini bildirgan korxonalar soni 200 dan ortdi.

Ayni paytda "O`zekspomarkaz"ning www.uzexpocentre.uz veb-saytida ham ishtirokchilarni masofaviy ro`yxatga olish ishlari davom etmoqda.

Ko`rgazma bir vaqtning o`zida "O`zekspomarkaz"ning 4 pavilonida bo`lib o`tadi. Uning doirasida seminarlar, mahsulotlar va xizmatlar namoyishi o`tkaziladi. Chet ellik hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar imzola- nadi.

    Boshqa yangiliklar