AsosiyJamiyat

RESPUBLIKA MA`NAVIYaT VA MA`RIFAT MARKAZI TAShKIL ETIGANIGA 100 KUN TO`LDI

'RESPUBLIKA MA`NAVIYaT VA MA`RIFAT MARKAZI TAShKIL ETIGANIGA 100 KUN TO`LDI 'ning rasmi

“Yoshlar press klubi”da “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini takomillashtirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi.

Konferensiyada ma`naviyat va ma`rifat sohasi bo`yicha etakchi mutaxassislar, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Konferensiya sessiyalarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida”gi PQ-3160-sonli qarori imzolangandan boshlab o`tgan bugungi kunga qadar Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan 100 kun davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi.

Tadbirda ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlarining samaradorlik darajasini yanada oshirish, jamiyat hayotining ma`naviy-ma`rifiy asoslarini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari, avvalo yoshlar qalbida Vatan va millat taqdiri uchun dahldorlik, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitet hissini kuchaytirish yuzasidan ilmiy, amaliy, tashkiliy ishlarni amalga oshirgani aytib o`tildi. Shuningdek, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan 200 dan ortiq tadbirlar, Respublika televidenie va radiokanallarida 60 ga yaqin teleko`rsatuv va radio eshittirishlardagi chiqishlar uyushtirildi va 100 ga yaqin maqolalar chop etildi hamda 10 dan ziyod ilmiy-amaliy risolalar tayyorlandi. Hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi.

Konferensiyada Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan targ`ibot ishlariga tizimli, izchil va yangi uslublarni joriy etish maqsadida Markazda olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati tashkil etilgani va uning maqsad vazifasi xususida alohida ta`kidlandi.

Konferensiya “Respublikada ma`naviy-ma`rifiy ishlar holati va istiqboldagi strategik vazifalar”, “Jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhitni takomillashtirishning samarali usullari”, “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar natijadorligini oshirishning dolzarb vazifalari va uning echimlari” kabi ilmiy yo`nalishlarda ish olib bordi. Shuningdek, ta`lim tizimida, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo`yicha yangicha yondashuvlar, uslub va usullar, mexanizmlar haqida keng mulohazalar yuritildi.

Ayniqsa, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan mamlakat miqyosidagi barcha hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalar bilan bevosita muloqotga kirishib, har bir oiladagi ma`naviy va ma`rifiy muhit shuningdek ularni dunyoqarashini o`rganuvchi “Mafkuraviy xarita” tizim tashkil etilgani xususidagi ma`ruza ishtirokchilar tomonidan qizg`in kutib olindi. Xarita yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilib, hududlarda o`tkazilgan tajriba sinov natijalari asosida tuzilgan. Hozirda bu texnologiya barcha hududlarga joriy etilmoqda.

Konferensiya qizg`in bahs munozaralarga boy bo`ldi. Ishtirokchi va ommaviy axborot vositalari vakillari o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

    Boshqa yangiliklar