AsosiyJamiyat

TOShKENT–SAMARQAND YO`NALIShIDAGI "AFROSIYoB" ELEKTROPOEZDI QATNOVI VAQTINChA TO`XTATILADI

'TOShKENT–SAMARQAND YO`NALIShIDAGI "AFROSIYoB" ELEKTROPOEZDI QATNOVI VAQTINChA TO`XTATILADI'ning rasmi

3, 4, 5 noyabr kunlari Toshkent–Samarqand–Toshkent yo`nalishida qatnayotgan 764/763-sonli "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdining qatnovi texnik sabablarga ko`ra vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur kunlarga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temiryo`l kassalarida qaytarib olinadi.

Qo`shimcha ma`lumot olish uchun qisqa 1005 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilish mumkinligi aytilgan.



    Boshqa yangiliklar